Foto: Markaziy bank
Koronavirus pandemiyasining aholi va tadbirkorlik sub’ektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida ularning kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish bo‘yicha kredit tashkilotlariga ko‘rsatmalar berildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kredit tashkilotlariga aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirishda faqat murojaatnomani taqdim etish bilan cheklanib, murojaatnomada:
- kredit to‘lovlarini uzaytirish yuzasidan asoslantirilgan izoh;
- karantin davri yakunlangandan so‘ng kredit tashkiloti tomonidan belgilangan muddat ichida kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan qarzdorning majburiyati qayd etilishi lozim.
«O‘z navbatida, karantin davri tugagandan so‘ng belgilangan muddat ichida qo‘shimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kiradi», deyiladi axborotda.
Ta’kidlanishicha, tijorat banklari tomonidan murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimlari yaratilmoqda. Ushbu masofaviy xizmatlar to‘g‘risida banklarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali qo‘shimcha ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi