4 571
"GAI xodimlari to‘xtatdi, ularga kechasi katta yo‘lda nima qilyapsizlar desam, mastligimni bilib qolishdi"
Quva tuman ma’muriy sudida 2020 yil fevral oyining “24” kunida O‘zbekiston Respublikasi MJtK 131-moddasi 2-qismi bilan O.M.ga oid ma’muriy ish material ko‘rib chiqildi.
Huquqbuzar M.O. transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lmasada, 2019 yil 23 dekabr kuni soat 22:30da o‘zining boshqaruvidagi “Matiz” rusumli davlat raqam belgisi 40 492 bo‘lgan avtomashinani spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda Quva tumani, Chaman qishlog‘i hududida boshqarib ketayotganida, Farg‘ona viloyat YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Quva tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limining 2019 yil 23 dekabrdagi xulosasiga ko‘ra alkogol iste’mol qilganligi va mastlik xolati tibbiy guvohlantirish bayoniga ko‘ra, M.O.da mastlik holati aniqlangan.
Huquqbuzar M.O. sudda, huquqbuzarlik harakatiga to‘liq iqror va chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yo‘qligini, 2019 yil 23 dekabr kuni do‘stlari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, so‘ng ushbu kuni soat 22:00da dadasiga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinani, Quva tumani, Chaman qishlog‘i hududida boshqarib ketayotganida, YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilgani, shunda u mastligi sababli kechasi katta ko‘chada nima qilyapsizlar deb aytganligini, uning bu harakatlaridan IIB YXXB hodimlari uni darhol narkologiya bo‘limiga olib borganligini, shundan so‘ng mastlik holati aniqlanganligini, hozirda harakatlari noqonuniy ekanini tushunib yetganini, boshqa bunday harakatlar sodir etmasligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti og‘irligini bildirib, suddan yengillik berishni so‘radi.
Sud O.M.ga O‘zbekiston Respublikasi MJtK 131-moddasi 2-qismi bilan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlab, ma’muriy qamoq harajatlari uchun 501.750 so‘m undirdi.
Quva tuman ma’muriy sudining sudyasi
A.Jumayev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
A.Jumayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?