13:07 / 31.03.2020
2 791

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 mln so‘mdan mukofot puli beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, 9 may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida bir yo‘la pul mukofoti berilishi belgilangan.

Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

2019 yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 7,5 million so‘m, 2018 yilda 5 million so‘m, 2017 yilda esa 2 million so‘mdan pul mukofotlari topshirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 mln so‘mdan mukofot puli beriladi