
Xabaringiz bor, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor Fransiyadan kelgan shifokor ayol bo‘lgandi. Keyinchalik infeksiya uning yaqinlarida ham qayd etilgani ortidan ayol yashaydigan ko‘p qavatli uydagi 72 ta xonadon to‘lig‘icha karantinga olingandi.
Bugun ushbu ko‘p qavatli uyda yashagan odamlar infeksiya aniqlanmagani sababli karantindan chiqarildi. Bu haqda ilk bemorning qo‘shnisi feysbuk orqali qoldirgan xabarga asoslanib ma’lum qilingan.
«15 kunlik majburiy karantin tugadi, ammo oilamiz salomatligi uchun uyda qolishda davom etamiz», — deya yozadi qo‘shnilardan biri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar