Foto: Instagram / @xalimaxonim
Halima Ibragimovaning fikricha, iliguzildi paytida inson organizmiga vitaminlar zarur, shu bois bu mavsumda parhez qilmagan ma’qul. Qiziqchi va komik aktrisa bu haqda «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda aytib o‘tdi.
«Bola-chaqa bilan uydamiz kun bo‘yi. Yaqinda xonadonimizni ta’mirlatgan edik. Ustalar ham o‘z viloyatiga ketgach, qolgan chala ishlarni bajarish bilan bandmiz. Bozor-o‘char qilish uchun haftada bir yoki ikki marta oziq-ovqat do‘koniga barcha qoidalarga rioya etgan holda o‘zim chiqib kelyapman. Ikkala farzandim maktabda o‘qiydi. Karantin vaqtida o‘qituvchilari onlayn mashg‘ulotlar o‘tmoqda. Ularni nazorat qilish ham kundalik rejamga kiritilgan.
Odamlar uyida biror yumush bilan band bo‘lsa, ko‘chaga chiqqisi ham kelmay qolarkan. Karantingacha turli tadbirlar, ijod va kasbimga taalluqli masalalar ortidan uyda kam bo‘lardim. Ayni paytda esa hovlidagi ishlarni bajarib chalg‘iyapman va vaqtimni qanday o‘tganini ba’zan sezmayapman ham. Doimgidek ijtimoiy tarmoqlarda faolman (kuladi). O‘zimni ham, tarmoqdagilarni ham zeriktirmaslikka intilyapman.
Shu o‘rinda aytishim kerakki, bahor oylarida parhez qilmagan ma’qul. Chunki iliguzildi davrida odam immuniteti mustahkam bo‘lmaydi. Organizmga foydali hisoblangan vitaminlarga boy, kaloriyali taomlarni ko‘proq tayyorlayapman. Barcha yurtdoshlarimizga ham shuni maslahat beraman. Karantinni xotirjamlikda, oila qurshovida o‘tkazish ham bir g‘animat va buni o‘z gashti bor deb o‘ylayman, — deydi Halima Ibragimova. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi