
AOKA huzuridagi shtabda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Brifing davomida ma’lum qilinishicha, juda qisqa muddatda «himoya vositalari» ishlab chiqarilishi bir necha barobar oshgan. Fevral oyida bor-yo‘g‘i 20 ga yaqin korxona ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirda ishlab chiqarish quvvatlari 10 barobarga oshirildi.
Himoya niqoblarini ishlab chiqarish quvvatlari respublika bo‘yicha 200 mingdan — 2,5 mln.ga yetkazildi va keyingi hafta ichida 5 mln.dan yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 12 mingdan ortiq himoya xalatlari (kombinezon) ishlab chiqarilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar