2 349
Buxoroda karantinda saqlanayotgan fuqarolarning 836 nafari karantin davrini o‘tab, uyiga qaytdi
Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Buxoro viloyatida 836 nafar fuqaro karantin davrini o‘tab, oilasi bag‘riga qaytdi. Bu haqda Buxoro hokimligida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi oldini olish bo‘yicha tuzilgan shtab mas’ullari xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, xorijdan qaytgan 1917 nafar fuqaro viloyatdagi mavjud 15 dan ortiq karantin zonalariga joylashtirilgan. Ularning 836 nafari 14 kunlik karantin muddatini o‘tab bo‘lgan. Ularda kasallik chiqmagani bois, uyiga qaytarilgan. 6153 nafar fuqaro esa uy karantinida saqlanmoqda.
Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Buxoro Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati rahbari Dilnoza Komilovaga ko‘ra, joriy yilning 24 martiga qadar viloyatdagi jami 360 ta mehmonxonada yashab kelgan 95 nafar xorijlik sayyoh 25 mart kunidan boshlab, yurtiga qaytgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, «Tehron—Namangan» reysi orqali joriy yilning 16 mart kuni Namangan xalqaro aeroportiga uchib kelgan 15 nafar buxorolik ikki hafta Namangandagi shifoxonalardan birida karantinda saqlangan. 31 mart kuni esa ular ham Buxoroga qaytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi