00:23 / 04.04.2020
3 204

Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtida to‘y-marosim o‘tkazganlarni «mas’uliyatsizlar» deb atadi

Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtida to‘y-marosim o‘tkazganlarni «mas’uliyatsizlar» deb atadi
Yunusobodda karantin vaqti o‘tkazilgan kuyov-navkar marosimidan lavha.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Prezident yig‘ilishda «qancha ogohlantirish va tushuntirish ishlariga qaramay, joylarda karantin qoidalari buzilayotganini» afsus bilan aytib o‘tdi. Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, hozirgacha 22 mingdan ziyod ana shunday holat aniqlandi, 330 kishi karantin hududini tashlab ketgan.

«Karantin vaqtida ayrim mas’uliyatsiz shaxslar 24 ta turli ommaviy marosimlar o‘tkazganini sira oqlab bo‘lmaydi. Butun xalqimiz hayotiga xavf solayotgan bunday noma’qul ishlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi», — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtida to‘y-marosim o‘tkazganlarni «mas’uliyatsizlar» deb atadi