
Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 3 nafarga yetdi. Ulardan biri - viloyatda dastlabki aniqlangan 14 yoshli bemorning 36 yoshli otasi va ikkinchisi – uning 16 yoshli opasidir. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda
Bemorning otasi Toshkent shahrida yashagan turmush o‘rtog‘ining akasi, koronavirus infeksiyasi tufayli 28 mart kuni vafot etgan bemor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan. Bemorning opasi esa ukasi bilan muloqot orqali mazkur infeksiyani yuqtirib olgan.
Ayni paytda mazkur 3 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi va ular yashagan hudud karantinga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar