
Ravshan Rahimjonov
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyatining Quvasoy hamda Marg‘ilon shahri hokimlari o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov xabar bermoqda.
Bugun, 4 aprel kuni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Quvasoy shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Adhamjon Ziyavitdinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Ayni vaqtga qadar viloyat uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan Ravshan Rahimjonov esa Quvasoy shahar hokimi etib tayinlangan.
Shuningdek, bugun xalq deputatlari Marg‘ilon shahar kengashining ham navbatdan tashqari sessiyasi ham bo‘lib o‘tgan.

Adhamjon Ziyavitdinov
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, shahar hokimi vazifasini bajarib kelgan Mirzohid Ubaydullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Va shu kunga qadar Quvasoy shahriga hokimlik qilgan Adham Ziyavitdinov Marg‘ilon shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
Marg‘ilon shahrining sobiq hokimi Mirzohid Ubaydullayev qaysi ishga o‘tgani hozircha noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar