
Kadr: YouTube
Tibbiy niqoblar birinchi navbatda koronavirus bilan kasallangan fuqarolarga virusni boshqalarga yuqtirmaslik uchun kerakligi ko‘pchilikka ma’lum. Sog‘lom odamni himoya qilish uchun niqob u qadar samarali emas, chunki ko‘z shilliq pardasi orqali ham koronavirus yuqtirib olish mumkin. Hi-Tech-Mail.ru niqoblar nima uchun zarurligi tasvirlagan video bilan bo‘lishdi.
Optik tizim va sensorlar ishlab chiqaruvchi LaVision kompaniyasi Shliren-usuli yordamida koronavirusning havo, aksirish yoki yo‘tal orqali tarqalishi hamda niqobning foydasini ko‘rsatib berdi.
— Shukhrat (@bankir2102) April 4, 2020
Ushbu videoda niqob havo oqimini qanday to‘sib qo‘yishi va boshqalarni tupukning eng mayda zarralaridan himoya qilishi ko‘rsatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar