14:14 / 05.04.2020
2 397

«Propiska»dan halos bo‘lish bizga nima beradi?

«Propiska»dan halos bo‘lish bizga nima beradi?
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qonun qabul qilinishi «propiska» tizimidan xalos bo‘lishdagi ilg‘or qadam hisoblanib, quyidagilarga olib keladi:

— Toshkent shahrida «yashirin» tarzda istiqomat qilayotgan fuqarolar qonuniy tarzda mol-mulk sotib olishadi va korrupsiogen holatlar bartaraf etiladi (163,3 mingta vaqtincha ro‘yxatga olingan shaxslarning aksariyatida uy-joy birovning nomiga rasmiylashtirilgan);
(2012–2019 yillarda Toshkent shahrida jami 219 604 nafar, Toshkent viloyatida 76 912 nafar fuqarolar propiska qilingan)

— fuqarolarning erkin ko‘chib yurish va xususiy mulk sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlanadi;

— vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilishi hamda fuqarolarni o‘z xohishi bilan ro‘yxatdan o‘tishga undaydigan mexanizmlarning yaratilishi – vaqtincha turgan joyi va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan turish o‘rtasidagi farqni olib tashlashga ko‘maklashadi;

— hujjatlarni yig‘ishga ketadigan o‘rtacha 3 kun, idoralar o‘rtasidagi ovoragarchiliklarga barham beriladi;

— «Yagona darcha» tamoyilining kiritilishi natijasida ichki ishlar organlariga 1 marta (oldin 2 marta) boriladi, mudofaa (oldin 2 marta) hamda kadastr (oldin 1 marta) bo‘limlariga borish esa umuman zarurat bo‘lmaydi;

— ro‘yxatga olishning elektron tizimi yaratiladi va idoralarning tegishli elektron bazalari shakllanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Propiska»dan halos bo‘lish bizga nima beradi?