O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 310 kishiga yetdi. Infeksiya bilan kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 12 kishiga oshgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Oxirgi tasdiqlanganlarning barchasi statsionar sharoitda karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan. Avvalroq, 5 aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holati bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 nafarga oshib, 298 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lum qilinishicha, infeksiya statsionar sharoitda karantinga olingan fuqarolar orasidan yana aniqlangan. Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida 85 bemorning 22 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyotgani, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir deb baholanayoganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasidagi 35 bemordan 1 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir, deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga o‘tkazilgan.
Bugun, 5 aprel yakshanba kuni, mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygani ma’lum qilindi.
Avvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27 mart kuni tongda infarktdan vafot etgan, ikkinchi qurbon Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor. U kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringan.
Shuningdek, Nyu-York shahrining Bruklin tumanida ikki o‘zbekistonlik — bir nafar erkak hamda bir ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Jons Hopkins universiteting ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi