Farg‘ona viloyati, Yozyovon tuman, Qatortol mahalla fuqarolar yig‘ini, Hamza ko‘chasida yashagan, Nodira Sh. Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasining Tug‘ruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Nodira Sh.ning 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etganligi holatida JKning 116-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi, ushbu holat yuzasidan boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan 04.04.2020 yil kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda “Puli yo‘q odamlarni mensimaslikmi bu? Raddomga olib kelingan homilador ayolni tug‘ishiga hech qaysi Doktor yordam bermadi! Natijada esa ayol va tug‘ilmagan farzandi raddomda vafot etdi. (Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani.)”, - degan video tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida