Quvurlarga shikast yetgani sabab Toshkent shahrining 5 ta tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
8 apreldan 9 aprel kuniga o‘tar kechasi poytaxt va Toshkent viloyatida kuchli qor yog‘ishi oqibatida ko‘plab daraxtlarning sinishi, elektr tarmoqlarida uzilishlar va ko‘plab quvurlarning shikastlanishi kuzatildi. Jumladan, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan «Toshkent XET» AJ korxonasiga qarashli «Qodiriya» podstansiyasida ham 9 aprel kuni avariya sodir bo‘lganligi sababli elektr ta’minotida uzilish yuzaga keldi.
Ta’kidlanishicha, podstansiyadagi avariya «Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasiga qarashli «Qodiriya» bosh suv inshooti ish rejimiga ta’sir etib, o‘z navbatida shahrning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod tumanlarida to‘liq hamda Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida qisman ichimlik suv ta’minotida uzilishlar va ichimlik suv bosimi pasayishiga sabab bo‘lgan.
«Toshkent shahar suv ta’minoti» korxonasi xodimlari tomonidan ayni paytda zarur barcha tezkor choralar ko‘rilmoqda. Korxona keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi