
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 35 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 11 aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 729 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi.
Bundan avvalroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 212 bemorning 28 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgani, 8 nafarining ahvoli og‘irligi, shuningdek, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidagi 108 nafar bemordan 5 nafarining ahvoli og‘irligi haqida ma’lumot bergandi.
Shu vaqtgacha bemorlarning 42 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar