16:03 / 11.04.2020
4 000

Karantin vaqtida velosipedda ishga borib-kelish mumkinmi?

Karantin vaqtida velosipedda ishga borib-kelish mumkinmi?
AOKA shtabida Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifing davomida muhim savollarga javob qaytarildi.

Savol: Ishga borib-kelish maqsadida velosipedda harakatlansam bo‘ladimi? Yonimda ma’lumotnoma va shaxsimni tasdiqlovchi hujjatlarim bo‘lsa-chi?
Javob: Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00dan e’tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklangan.

Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Agarda Siz o‘zingiz ta’kidlab o‘tgandek velosipedda belgilangan tartibni buzmasdan, ishga borib kelsangiz u holda Sizga nisbatan hech qanday ma’muriy choralar qo‘llanilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin vaqtida velosipedda ishga borib-kelish mumkinmi?