date
views 2 979

O‘zbekistonda yana 38 kishida koronavirus aniqlanib, ularning umumiy soni 767 taga yetdi

O‘zbekistonda yana 38 kishida koronavirus aniqlanib, ularning umumiy soni 767 taga yetdi
«2020 yil 11 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 767 nafarni tashkil qilmoqda», – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Shu tariqa, 11 aprel kuni bemorlar soni 98 nafarga oshdi. Bu – ilk holat qayd etilgan 15 martdan keyingi davrdagi ikkinchi eng ko‘p kunlik kasallanish ko‘rsatkichi. Bugungidan ko‘p bemor faqat 6 aprelda qayd etilgan edi – 115 kishi.

Bugun, shuningdek, mamlakatda koronavirusdan to‘rtinchi o‘lim holati qayd etildi – Farg‘onaning Yozyovon tumanidan bo‘lgan 59 yoshli ayol vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, tuzalganlar soni 42 kishini tashkil etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana 38 kishida koronavirus aniqlanib, ularning umumiy soni 767 taga yetdi