
Foto: FVV matbuot xizmati
Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan ikki qavatli uylarning birida bugun, 12 aprel kuni, soat 06:43 da portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni uch nafarga yetgan.
Bundan tashqari, yana to‘rt kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonada qolmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlash «Go‘zalkent» mahallasi Bobur ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uyning birinchi qavatidagi xonadondan sizib chiqqan gaz oqibatida yuzaga kelgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Voqea joyida Samarqand FVB qutqaruvchilari va boshqa tuzilma vakillari ish olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar