date
views 2 623

Toshkentda «Tez tibbiy yordam» mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda «Tez tibbiy yordam» mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Bugun, 14 aprel kuni poytaxtning Nurafshon va Chig‘atoy ko‘chalarini kesishmasida “Tez tibbiy yordam” mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlardan ko‘rinib turibdiki, tez tibbiy yordam xizmatining yangi rusumdagi avtomobiliga old va yon tomonlardan jiddiy zarar yetgan va mashina ag‘darilgan. Katta ehtimol bilan YTH azaliy muammo – tez yordam mashinasiga yo‘l berish madaniyati yo‘qligi tufayli kelib chiqqan.

Ayni paytda yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohatlanganlar yoki vafot etganlar to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas, hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Tez tibbiy yordam» mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi