2020 yilning 13 aprel kuni 40 yoshli Sh.S. Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yiling 12 aprel kunidan 13 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 23:00 larda yashash uyining yonida qoldirgan o‘ziga tegishli bo‘lgan «VAZ-2102» rusumli transport vositasini noma’lum shaxs olib qochib ketganligini va ushbu holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida fuqaro Sh.S., ga tegishli bo‘lgan «VAZ-2102» rusumli transport vositasini 24 yoshli L.T. olib qochib ketganligi va boshqaruvni yo‘qotib avtomashinani ag‘darib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro L.T., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, L.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov deparatamenti
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi