date
views 4 648

"Mijoz"larining "dam olishi" uchun sharoit yaratib bergan samarqandlik ayol qo‘lga tushdi (Video)

"Mijoz"larining "dam olishi" uchun sharoit yaratib bergan samarqandlik ayol qo‘lga tushdi (Video)
«Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq” degan ibratli ibora bejizga aytilmagan. Tabiat va jamiyat qoidalariga so‘zsiz amal qilib yashash biz insonlarning asosiy burchimizdir. Ammo insoniyat boshiga shunday sinovli kunlar tushib turgan bir vaqtda, o‘z burchini unutib qo‘yayotganlar ham bor.

Anvara 1995 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. U yoshligidan o‘qishga, biror hunar o‘rganishga qiziqmadi, biror kasbning boshini tutmadi. Oxir-oqibat osongina pul topish choralarini o‘yladi. Qing‘ir rejasini amalga oshirish uchun Samarqand shahrida vaqtincha ijarada istiqomat qilib kelayotgan xonadonda fohishaxona tashkil qilib, to‘rt yuz ming so‘m pul evaziga uyidan alohida xona ajratib berayotganida Samarqand shahar 6-sonli IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

To‘rt yuz ming so‘m pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi. “So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman”, deydi dono xalqimiz. Endi Anvara qancha afsus chekmasin, hech narsa o‘rniga tushmaydi. Holat yuzasidan O‘z.R.JKning 131-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Mijoz"larining "dam olishi" uchun sharoit yaratib bergan samarqandlik ayol qo‘lga tushdi (Video)