date
views 2 801

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanganlar soni 1200dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanganlar soni 1200dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 49 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 15 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1214 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati aniqlandi. Aprel oyida kasallanganlar soni keskin o‘sa boshladi. 11-12 aprel kunlari 98tadan, 13 aprel kuni 133ta yangi holat tasdiqlandi. 14 aprel kuni esa bemorlar sonining kunlik o‘sishi bo‘yicha rekord natija qayd etildi 167ta yangi holat.

Shu vaqtgacha 99 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanganlar soni 1200dan oshdi