
«Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi.
Eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan ulgurji va chakana savdo tarmog‘idagi alkogol va tamaki mahsulotlari 2021 yil 1 fevraldan markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.
Qaror bilan yangi aksiz markalari namunalari va tavsiflari tasdiqlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar