date
views 2 625

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1300 gadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1300 gadan oshdi
2020 yil 15 aprel soat 22:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1302 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Bugun, 15 aprel soat 16:00da yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 1275 nafardan iboratligi xabar qilingan edi. O‘tgan soatlar davomida yana 27 kishida kasallik aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 107 nafar bemor sog‘aygan, 4 nafari esa vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1300 gadan oshdi