10:03 / 16.04.2020
2 401

Karantin choralarini har 1,5-2 yil ichida yangilashga to‘g‘ri keladi

Karantin choralarini har 1,5-2 yil ichida yangilashga to‘g‘ri keladi
Foto: AFP
Harvardlik olimlar koronavirus pandemiyasining rivojlanish trayektoriyasini modellashtirishdi va kelasi yil hamda 2022 yilning bir qismida vaqti-vaqti bilan, asosan sovuq oylarda, karantinga qaytish talab etiladi, xulosaga kelishdi.

Harvard universiteti tadqiqotchilari kasallik mavsumiy bo‘lishi sharoitida, COVID-19 rivojlanishining ehtimoliy variantlarini tahlil qilishdi. Ularning aniqlashicha, bir martalik masofaviy choralar SARS-CoV-2 tarqalishini kamaytirish va uni AQSH sog‘liqni saqlash tizimining imkoniyatlari chegarasida ushlab turish uchun yetarli emas, deb xabar bermoqda Science Alert.

«Boshqa davolash turlari yo‘q bo‘lgani sababli, vaqti-vaqti bilan ijtimoiy masofa saqlash choralarini joriy etish talab qilinadi», - deydi tadqiqot muallifi Stiven Kisler jurnalistlarga.

Korxonalar, do‘konlar va fabrikalarni yana aynan qachon yopish kerakligini aniqlash uchun keng qamrovli test o‘tkazish kerak. Karantinning davomiyligi va jiddiyligi dori-darmonlar hamda vaksinalarning mavjudligiga qarab farq qilishi mumkin.

Biroq, aholi emlanmaguncha, vaqti-vaqti bilan karantin kasalxonalarga vaqtdan yutishga va og‘ir kasal bemorlarning ko‘payib ketmasligiga imkon beradi. Aholi esa, shu bilan birga, asta-sekin ommaviy immunitetni rivojlantiradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, karantin haddan tashqari uzoq davom etishi ham mumkin va bu salbiy ta’sir qiladi. Olimlar tomonidan modellashtirilgan ssenariylardan birining ko‘rsatishicha, bu holatda odamlarda umuman immunitet rivojlanmaydi. Shuning uchun oraliq variant kerak.

Tadqiqot mualliflarining tan olishicha, uning asosiy kamchiligi - bu virus haqida juda kam ma’lumot mavjudligi, kasal bo‘lganlarda immunitet qanchalik kuchli ekanligi va uning davomiyligi qancha bo‘lishi noma’lumligi. Agar yangi koronavirus o‘zini xuddi SARS singari tutsa, unda o‘rtacha ikki yil kutish kerak. Ammo, antitanalar tuzalib ketgan hammada ham ishlab chiqilmasligi haqida dalillar mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin choralarini har 1,5-2 yil ichida yangilashga to‘g‘ri keladi