date
views 4 108

Qamashidagi chekka qishloqlarga sel kelishi oqibatida yo‘lni tog‘ ko‘chkilari to‘sib qoldi (foto)

Qamashidagi chekka qishloqlarga sel kelishi oqibatida yo‘lni tog‘ ko‘chkilari to‘sib qoldi (foto)
Joriy yilning 13 aprel kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida tumanning “Qishliq”, “Boburtepa”, “Changak”, “Dovud”, “Qizilqishloq”, “O‘rta Dara”, “Chuqurqishloq”, “Ko‘kbuloq”, “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inida sel kelish holatlari kuzatildi.

“Katta O‘ra” mahalla fuqarolar yig‘ini Olma qishlog‘ida avtomobil o‘tish yo‘li sel kelishi oqibatida yopilib qoldi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra 14-15 aprel kunlari ham tog‘da kuchli yomg‘ir yog‘ib ko‘chkilar sodir bo‘lgan. Aholi yashash uylarining jiddiy zararlanishi va fuqarolarning tan jarohat olish holatlari kuzatilmagan. Ko‘chkilar asosan avtomobil qatnov yo‘lini to‘sib qolganligi qayd etilmoqda.

Qamashi tuman hokimligi axborot xizmatining «Nasafnews»ga ma’lum qilishicha, sel kelishini talofatsiz o‘tkazish maqsadida tuman hokimligida maxsus ishchi guruh tuzilgan. Tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Favqulotda vaziyatlar bo‘limi, IIB, Yong‘in xavfsizligi tuman bo‘limi, tuman “Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi hamda maxsus texniklar jalb qilindi.
Sel kelishi oqibatida turar joylarga jiddiy talofat yetish va fuqarolarning tan jarohat olish holatlari kuzatilmadi.

“Katta O‘ra” mahalla fuqarolar yig‘ini Olma qishlog‘ida avtomobil o‘tish yo‘lining sel kelishi oqibatida yopilib qolishi sababli ayni daqiqalarda maxsus ishchi guruh talofat keltirgan noqulaylikni bartaraf qilish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.

Tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ko‘chkilar sodir bo‘lishi munosabati bilan aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rib, avtotransport vositalarida harakatlanmay turishini tavsiya qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamashidagi chekka qishloqlarga sel kelishi oqibatida yo‘lni tog‘ ko‘chkilari to‘sib qoldi (foto)