
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 14 aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini bekamu-ko‘st ta’minlash hamda respublikaning barcha hududlariga strategik xom ashyo, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va koronavirus pandemiyasi vaqtida hayot maromini belgilovchi ob’ektlarning ishchi-xizmatchilarini tashishni o‘z vaqtida tashkillashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirining «O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuk va yo‘lovchi transport vositalarining uzluksiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, respublika hududida koronavirus pandemiyasi vaqtida iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuk va yo‘lovchi transport vositalarining xarakatlanishini tashkillashtirish va monitoringni ta’minlash bo‘yicha Respublika tezkor shtabi va uning hududiy ishchi guruhlari tuzildi. Tezkor shtabga Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.O‘.Sobirov boshchilik qiladi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qiladi.
Tezkor shtab IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida o‘z faoliyatini boshladi. Tezkor shtab va ishchi guruhlar o‘z faoliyatini sutka davomida uzluksiz ravishda amalga oshiradi.

Iqtisodiyot, sanoat, oziq-ovqat, qishloq ho‘jaligi sohasidagi yuk va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining to‘siqsiz harakatlanishi yo‘nalishidagi savollarga qo‘yidagi telefon raqamlari orqali shtab a’zolari javob beradi:
71-267-65-30;
71-267-63-58;
71-268-00-36. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar