4 314
Oliy ta’lim vazirligi o‘quv yili 1 iyulgacha yakunlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020-o‘quv yilining bahorgi semestri joriy yilning 1 iyul kuniga qadar to‘liq yakunlanishi haqida navbatdagi noto‘g‘ri xabarlar tarqatilmoqda, deb xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Bildirilishicha, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga kiritiladigan o‘zgarishlar haqida vazirlik o‘z rasmiy sahifalari va OAV orqali rasmiy ma’lumot e’lon qiladi.
Shu sabab talaba-yoshlar va ularning ota-onalariga hamda keng jamoatchilikka oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga oid ma’lumotlar bilan vazirlikning rasmiy sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanishib borish tavsiya qilingan.
“Talabalar va o‘quvchilardan esa diqqat-e’tiborlarini karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda salomatliklarini saqlash va masofadan ta’lim olish bo‘yicha vazirlik tomonidan yaratilgan resurslardan unumli foydalanib, o‘z ustida ishlashga qaratishlarini so‘raymiz”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi