21:27 / 17.04.2020
3 114

Yana bir saxovat

Yana bir saxovat
Muborak ramazon oyi kirib kelishiga ham mana oz fursatlar qoldi. Ramazoni sharif saxovat, mehr-muruvvat oyi demakdir. Shu sababdan mo‘min-musulmonlarimiz ham beradigan zakot, fidya, qo‘shimcha xayr-saxovatlarni aynan mana shu oyda berishadi.

Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan mana shu qutlug‘ oyda xayr-ehson qilish istagida bo‘lgan saxovatpesha yurtdoshlarimizga yetkazilishini ta’minlash maqsadida aliment undiruvlariga muhtoj bo‘lgan ayollar, soliq va ma’muriy jarimalarni to‘lay olmayotgan kam ta’minlangan fuqarolarning ro‘yxati shakllantirilib, joylardagi mahalla masjidlari imomlariga yetkazildi.

Bundan maqsad, ramazon oyida ehson yoki iftorlik savobidan umidvor bo‘lgan sahiy insonlar bunday marosimlar uchun mo‘ljallagan mablag‘larini kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj oilalarga nisbatan bo‘lgan qarzdorliklarni bartaraf etilishi hamda aliment undiruvchi fuqarolarga yordam berishga yo‘naltirishga chaqirishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir saxovat