date
views 3 295

Karantin davrida “Mergan Teks” korxonasiga 3,2 mlrd. so‘mlik QQS qaytarib berildi

Karantin davrida “Mergan Teks” korxonasiga 3,2 mlrd. so‘mlik QQS qaytarib berildi
Dunyoda kuzatilayotgan pandemiya sabali yuzaga kelgan karantin sharoitida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bugun respublikamiz Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan inqirozga qarshi choralarning biridir.
Ayni shu maqsadda, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tovarlar eksportiga qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq summasini tadbirkorlik sub’ektlariga qisqa vaqt ichida qaytarish yo‘lga qo‘yildi.

Buxoro viloyatining Olot tumanida faoliyat yuritayotgan “Mergan Teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2020 yil yanvar-fevral oylarida 811,719 AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport qilganligi natijasida QQS bo‘yicha ortiqcha 3,2 mlrd. so‘m to‘lov hosil bo‘lgan.
Soliq kodeksinig 21-moddasi talablariga asosan, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida to‘lab berilgan QQS korxonaning amalga oshirilgan eksportiga proporsional tarzda 3,2 mlrd. so‘mlik QQS solig‘i qaytarib berildi.

- To‘g‘risini aytish kerak, ayni karantin vaziyatida bizga qaytarilgan ushbu mablag‘lar korxonamiz faoliyatining barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘ldi, - deydi “Mergan Teks” MCHJ rahbari Ibrohim Hamroyev. – Ayni kunlarlarda korxonamizda ish kundalik reja asosida, karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda davom ettirilmoqda. Hukumatimizga rahmat, menga o‘xshagan tadbirkorlar yaratilgan bunday imkoniyatlardan foydalanib, o‘z biznesimizni yanada rivojlantiryapmiz.

Raqamlar bilan aytadigan bo‘lsak. Buxoro viloyati bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi mutaxasislari tomonidan 34 ta holatda taqdim etilgan arizalar to‘liq ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan 25 ta holatda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan 16,4 mlrd. so‘mlik pul mablag‘lari korxonalarning hisob raqamiga qaytarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq viloyatimizdagi jami 69 ta mehmonxonalarning 803,6 mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati kechiktirildi.

Bundan tashqari, viloyatdagi jami 607 turli sohadagi tadbirkorlik sub’ektlaridan umumiy hisobda 4 448,8 mlrd. so‘mlik soliqlarni to‘lash muddatini kechiktirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlar Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda soliq tizimida amalga oshirilgan soliq islohotlari natijasida soliq organlari faoliyati tubdan o‘zgardi. Soliq xizmati insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkoriga aylandi. Ayniqsa, bugungi murakkab karantin davrida bu qanchalik ahamiyatli ekanligini har-bir halol soliq to‘lovchi dildan his etmoqda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin davrida “Mergan Teks” korxonasiga 3,2 mlrd. so‘mlik QQS qaytarib berildi