date
views 2 139

Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan

Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan
Bugun, 18 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda ma’lum qilinishicha, Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabarida aytilishicha, shu bois institut bugungi kunda karantinga yopilgan.

2020 yil 18 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi. 18 aprel kuni zararlanish holatlari soni 45taga oshdi.
Shu vaqtgacha 156 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan