Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ID-karta va yangi shakldagi haydovchilik guvohnomasini birlashtirish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, vatandoshlar uchun ID-kartalar olish 2021 yil 1 yanvardan boshlab ixtiyoriy, 2023 yildan esa majburiy etib belgilandi.
“Ammo shu yerda bir tushunmovchilik kelib chiqadi. Masalan, men mashinada yursam-yurmasam haydovchilik guvohnomamni o‘zim bilan olib yuraman. Biometrik pasportni esa har doim ham emas. Chunki, yangi ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomasi o‘z funksiyasini bajarishdan tashqari shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lib ham hisoblanadi.
Haydovchilik guvohnomasining mavqei va funksiyasi ID kartadan ko‘ra yuqoriroq bo‘lib qolyapti. Shu sababli, ID karta va haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilish va yagona guvohnoma yaratishni taklif qilaman. Bunda guvohnoma emas, balki boshqa umumiyroq nom berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ID-karta va yangi shakldagi haydovchilik guvohnomasini integratsiya qilish taklif qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Orzudagi uy — qishda issiq, yozda salqin. Bunga qanday erishish mumkin?
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida