Toshkent shahrida karantin o‘tganidan so‘ng ishsiz yoshlar soni 3 barobarga ko‘payishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Poytaxt hokimligida hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari majmuasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash va shu orqali iste’dodli, izlanuvchan yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yaqin orada onlayn tanlovlar platformasi ham ishga tushiriladi.
Shu sabab hozirda shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari boshqa qator sohalar rahabarlari bilan birgalikda ularni IT yo‘nalishidagi tadbirkorlikka jalb etish, ko‘nikmalarini rivojlantirish, sektorlar bilan yuzaga keluvchi muammolar yechimi ustida ishlayotganliklari ham aytib o‘tilgan.
Bundan tashqari, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim muassalari, sport va musiqa maktablarida takroriy, ya’ni ikkinchi marotaba dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish va to‘liq tugatish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilgan.
Ma’lumki, karantin davrida ta’lim jarayonida uzilish bo‘lmasligi uchun barcha ta’lim muassasalarining pedagoglari o‘quvchilarni onlayn o‘qitmoqda.
Shuningdek, darslar televideniyening 3 ta kanali orqali muntazam berib borilmoqda va bunga Toshkent shahridan 188 nafar o‘qituvchilar, 50 nafar sportchilar, 100 nafar maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari jalb etilgan bo‘lib, yig‘ilishda ular Toshkent shahar hokimiyati tomonidan rag‘batlantirilishi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga karantin tugashi bilan poytaxtdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilanto‘liq qamrab olishni 93 foizdan 100 foizga ko‘tarish hamda 6 yoshli bolalarni (100 foiz) maktabga tayyorlash tizimini joriy qilish masalasi ham muhokama qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi