AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov Toshkent va boshqa hududlarda tashkil etilgan postlarda nega qurollangan harbiylar turganini tushuntirdi.
“Ushbu zarurat, respublikamiz hududida koronavirus pandemiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatda avvalo, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va mazkur kasallikning mamlakatimiz bo‘ylab keng tarqalib ketishini oldini olish hamda nazoratdan chiqmaslikni ta’minlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlardan biridir”, - dedi u.
Ichki ishlar vazirligi vakili bu holatni normal qabul qilishni hamda belgilangan tartib-qoidalarga to‘liq rioya etgan holda, o‘zingiz va oilangiz xavfsizligi nuqtai nazaridan yondashishingizni maslahat bergan.
Bundan oldin, karantin vaqtida jazoni o‘tish muddati tugagan mahkumlarni ozodlikka chiqarish kechiktirilmasligi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi