Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatdagi 2 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Tuzalganlardan biri, 39 yoshli ayol Xo‘jaobod tumanidan bo‘lsa, ikkinchisi 51 yoshli ayol Andijon shahridan. Har ikki bemor ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yutirib olishgan.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytgacha 11 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 13 nafarga yetdi.
Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 227 nafarni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"