date
views 2 742

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1600dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1600dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 22 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 20 aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1604 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.
O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi.

19 aprel kuni zararlanish holatlari soni 75taga oshgandi. 20 aprel kuni hozircha 39 kishida virus aniqlandi.
Shu vaqtgacha 261 kishi kasallikdan sog‘aydi, 5 kishi vafot etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1600dan oshdi