
Avvalroq, COVID-19 koronavirusi bilan kurashda o‘zbek xalqiga yordam berish uchun 15 nafar xitoylik konsultantlar va tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga yetib kelganini ma’lum qilgan edik.
Shifokorlar bilan samolyotda qiymati 290 ming dollarlik insonparvarlik yordami ham kelgan. Xitoy xalqining yordami o‘z ichiga 2 ta IVL apparati, 55 mingta tibbiy niqob, 5,5 mingta N95 niqoblari, 2200 ta himoya kiyimlari, 2000 ta test-sistemalari, 2200 ta himoya ko‘zoynaklari va dori-darmonlarni oladi.
Xitoy elchixonasining xabar berishicha, bugun 12:30da xitoylik mutaxassislarning bir guruhi Farg‘ona vodiysiga yo‘l oldilar. U yerda ular 20 apreldan 23 aprelga qadar ishlaydi.
— Shukhrat (@bankir2102) April 20, 2020
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 20 aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1604 nafarni tashkil qilmoqda.
— Shukhrat (@bankir2102) April 20, 2020
Bemorlardan 240 nafari sog‘aydi, 5 nafari vafot etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar