3 107
Samarqand xalq ta’limi tizimida 6 milliarddan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi
Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi
Foto «Daryo»
Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tizimida 6 milliard 174 million so‘mlik ish haqi mablag‘lari o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi «Daryo» nashri.
Viloyatda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi o‘rganilganda XTBda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilishi natijasida 4 milliard 259 million so‘mlik mablag‘lar noto‘g‘ri sarflangani aniqlangan. Tovar moddiy boyliklarni balansga kirim qilinmay, mahsulotlar qimmat narxlarda sotib olinishi natijasida 906 million so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan prokuratura va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat organlariga kelib tushgan 8 ta to‘plangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borgan. Uchta hududda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan holatlar shaxslar doirasiga bo‘linganda jinoyat tarkibini bermagan yoki kam ahamiyatli bo‘lgan.
Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, tekshiruv davomida aniqlangan zararlar to‘liq undirilgan holda jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish va ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorlar qabul qilingan. To‘plangan hujjatlar ma’muriy sudlarga yuborilgan. Beshta tekshirish hujjatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Hisob palatasi mutaxassislari tomonidan aniqlangan 6 milliard 174 million so‘m zararning 3 milliard 386 million so‘mi tekshirish davomida o‘z tasdig‘ini topgan. 2 milliard 706 million so‘m undirilishi ta’minlangan. Undirilmagan 679 million so‘m yetkazilgan zarar bo‘yicha hozirgi kunda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?