2 596
Kelgusida xorijga chiqishda koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnoma berishning imkoni yo‘qligi aytildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov kelgusida xorijga chiqishda koronavirusga chalinmaganlik haqida ma’lumotnoma berilmasligini aytdi. Bu haqda u Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida izoh bergan.
Fuqarolar tomonidan «So‘nggi paytlardagi vaziyatni inobatga olgan holda, endilikda yil davomida O‘zbekistondan boshqa mamlakatga chiqishda koronavirus bilan kasallanmaganlik haqida ma’lumotnoma talab etiladimi? Qatnash va uchishga baribir to‘g‘ri keladi, busiz biznes yiliga ketma-ket ikkinchi marta o‘ladi. Hozirning o‘zidayoq Emirates kompaniyasi shunday ma’lumotnoma so‘ramoqda. O‘zbekistonda virusga test topshirib, ana shunday ma’lumotnoma olish rejalashtirilmoqdami va qachonga reja qilinmoqda?», — degan savol kelib tushgan.
Oqilov bunga javoban insonning koronavirus bilan kasallanmaganligi haqida ma’lumotnoma berishning imkoni yo‘qligini bildirgan. Shuningdek, o‘tkazilgan tahlil javobi qaysi muddatgacha amal qilishi katta so‘roq ostidaligini ham ma’lum qilgan.
«Hozirda bir qator xususiy shifoxonalarga ham koronavirus infeksiyasi uchun tahlil o‘tkazishga ruxsa berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda», — deya takrorlab o‘tgan.
Avvalroq O‘zbekistonda aholi yoppasiga koronavirusga test qilinmasligi, bu imkonsiz va maqsadga muvofiq emasligi, har bir test tizimi o‘tkazilganidan keyingina o‘zini oqlashi kerakligi, iqtisodiy jihatdan ham befoyda bo‘lmasligi zarurligi aytilgan. Shuningdek, xorijdan kelganiga bir oy bo‘lgan fuqarolar karantinga majburiy tartibda joylashtirilmasligi haqida ham ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 19 aprel kuni O‘zbekistonda karantin davri uchun yangi tartiblar e’lon qilingan bo‘lib, unda nodavlat tibbiyot tashkilotlariga shartnoma asosida 2020 yil 1 sentabrga qadar koronavirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishlariga ruxsat berilishi xabar qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?