date
views 1 962

Jinoyat protsessiga aloqador yangi amaliyotlar yo‘lga qo‘yiladi

Jinoyat protsessiga aloqador yangi amaliyotlar yo‘lga qo‘yiladi
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida surishtiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Belgilab qo‘yilishicha, 2021 yil 1 iyuldan boshlab:

jinoyat ishini sudga qadar yuritish bosqichida guvoh va jabrlanuvchilar ko‘rsatuvlarini ob’ektiv sabablarga ko‘ra kechroq so‘roq qilish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ularning ko‘rsatuvlari sudlar tomonidan oldindan mustahkamlab qo‘yilishi (deponirovaniye qilinishi) mumkin;

ma’lum bir jinoyat ishi bo‘yicha guvoh va jabrlanuvchilar ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yishda (deponirovaniye qilishda) ishtirok etgan sudya ushbu jinoyat ishining mazmunan ko‘rib chiqilishida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

jinoyat protsessida sudlar tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga nisbatan “muayyan harakatlarni taqiqlash” ehtiyot chorasi qo‘llaniladi;

tanib olish uchun ko‘rsatish, davlat siri bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar yoki ashyolarni ko‘zdan kechirish, xonadon yoki bino egalarining ishtirokisiz tintuv o‘tkazishdan tashqari boshqa protsessual harakatlarni xolislar ishtirokisiz videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jinoyat protsessiga aloqador yangi amaliyotlar yo‘lga qo‘yiladi