16:26 / 22.04.2020
2 221

O‘zbekistonda talabalarning shikoyat va takliflari uchun maxsus bot ishga tushirildi

O‘zbekistonda talabalarning shikoyat va takliflari uchun maxsus bot ishga tushirildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi karantin davrida talabalar va ularning ota-onalari, qolaversa, keng jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish hamda yurtdoshlarimizga sohaga oid taklif-mulohaza, muammolar to‘g‘risida tezkor xabar qoldirish imkonini beruvchi maxsus botni ishga tushirdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, @otv_murojaat_bot boti orqali hamyurtlarimiz respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga muassasa faoliyatiga doir xabar qoldirishlari mumkin.

Buning uchun bot orqali hududlar kesimida kerakli oliy ta’lim muassasasi tanlanadi va xabar qoldiriladi. Yuborilgan barcha xabarlardan oliy ta’lim muassasasi rahbariyati xabardor bo‘ladi.

Endilikda talabalar virtual muhitda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari afzalligi va kamchiligi, o‘zlashtirilgan bilimlarini nazorat qilish va baholash yuzasidan va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalarda oliy ta’lim muassasasini xabardor qila oladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan @otv_murojaat_bot orqali yuborilayotgan xabarlarning oliy ta’lim muassasalarida o‘rganilishi muntazam nazorat qilib boriladi
“, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, jamoatchilikdan kelib tushayotgan xabarlar va taklif-mulohazalar OTMlarda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirishda ustuvor vazifalarni belgilab olishda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda talabalarning shikoyat va takliflari uchun maxsus bot ishga tushirildi