17:48 / 22.04.2020
2 351

Koronavirusdan tuzalganlar soni 400 nafardan oshdi

Koronavirusdan tuzalganlar soni 400 nafardan oshdi
SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, Xorazmda 35 kishi koronavirusdan tuzaldi.
Urgench shahar tibbiyot birlashmasidan 13 nafar, viloyat endokrinologiya dispanseridan 21 nafar, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidad 1 nafar, jami 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi.

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 31 nafari barchasi Rossiyadan charter reys bilan kelishgan, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyatdagi shifoxonalariga joylashtirilgan. Qolgan 4 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ulardan 29 nafari erkak, 6 nafari ayollardir.

Bemorlarning 6 nafari Buxorodan, 5 nafari Xorazmdan, 4 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijondan, 3 nafardan Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlaridan, 2 nafardan Namangan, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan bo‘lsa, 1 nafardan Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 7 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 10 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 45 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 407 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan tuzalganlar soni 400 nafardan oshdi