Surxondaryo. 2020 yilning 21 aprel kuni soat 02:00 da haydovchi 23 yoshli S.P. “Nexia” rusumli avtomashinasida Boysun tumani “Temirdarvoza” mahallasi hududidan o‘tuvchi 39 avtomobil yo‘lining 1334-kilometrida “Termiz-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qo‘ylarni haydab ketayotgan piyoda 28 yoshli A.Q., ni va unga tegishli bo‘lgan 21 bosh qo‘ylarni hamda 10 bosh qo‘zilarini urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida A.Q. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Holat yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi