2 493
Karantinga yopilgan do‘kondan 50 mln so‘mlik buyumlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs aniqlandi
2020 yilning 31 mart kunidan 4 aprel kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Navoiy shahrida joylashgan fuqaro Sh.I. (ayol)ga tegishli bo‘lgan do‘konga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs u yerdan umumiy qiymati 50 755 000 so‘mlik turli xildagi atir-upalar va kumushdan ishlangan ayollar taqinchoqlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib berilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 42 yoshli A.A. sodir etganligi aniqlanib, hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?