
O‘zbekistonda 24 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 20 kishiga oshib, 1804 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Avvalroq, 24 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 1778 taga yetgani ma’lum qilingan edi.
Shunday qilib, 24 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 20 ta yangi holat tasdiqlandi. Taqqoslash uchun, 13 aprel kuni 133 ta, 14 aprel kuni 167 ta, 15 aprel kuni 137 ta, 16 aprel kuni 47 ta, 17 aprel kuni 56 ta, 18 aprel kuni 85 ta, 19 aprel kuni 75 ta, 20 aprel kuni 62 ta, 21 aprel kuni 51 ta, 22 aprel kuni 38 ta, 23 aprel esa 42 yangi holat tasdiqlangandi.
O‘zbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etdi, 621 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.
Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari — Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar