
Soliq imtiyozi faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida, shuningdek, ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Bu haqda 24 aprel kuni AOKAdagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Yusuf Nazarov aytib o‘tdi.
Qo‘mita vakilining ma’lum qilishicha, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 75-moddasiga asosan, ayrim soliq imtiyozlarini belgilash Prezidentning qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
«Shunga asosan, tadbirkorlik sub’ektlari uchun xayriya, ehsonni amalga oshirishda nazarda tutilayotgan soliq imtiyozlari — ular qaysi soliq turlari bo‘yicha berilishi hamda ularni qo‘llash shartlari yuzasidan Prezident qarori qabul qilinganidan keyin navbatdagi brifing chiqishlarda qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi», — dedi Muzaffar Yusuf Nazarov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar