date
views 1 749

Xayrli ishning erta-kechi yo‘q

Xayrli ishning erta-kechi yo‘q
Farg‘ona shahar, Marhabo ko‘chasida yashovchi Sh.Yakubov 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarini boqish uchun kunbay ishlab kun kechirib kelayotgan edi. Koronavirus epidemiyasi tufayli e’lon qilingan karantin uning oilasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Yaxshiyamki, mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar uning holidan xabar olib turishibdi.

Boz ustiga, Sh.Yakubov 2019 yil noyabr oyidan 2020 yil mart oyiga qadar elektr energiyasi uchun 1 mln. 100 ming so‘mlik qarzdorligini to‘lay olmasdan kelgan va yashash uyi joriy yilning mart oyi boshlarida karantin e’lon qilinmasdan oldinroq belgilangan tartibda tarmoqdan uzib qo‘yilgan ham edi.

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Sherzod Yakubovning karantinli kunlarda joniga oro kirishib homiylik asosida 1 mln. 100 ming so‘mlik qarzdorligini hamda tarmoqqa qayta ulash uchun 406 ming so‘m miqdordagi to‘lovni ham to‘lab berishdi.

Aslida, Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan shu tartibda 201 ta oilaning 24,6 mln. so‘mlik turli qarzdorliklari homiylik asosida to‘lab berilgan.
Ha, xalqimiz - savob ishni har kim har kuni qilish kerak, deb bejiz aytmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xayrli ishning erta-kechi yo‘q
-->