15:49 / 29.04.2020
2 401

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhi sog‘aygani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Endilikda O‘zbekistonda kasallikdan tuzalganlar soni 1005 nafarga yetdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 2 nafar bemor tuzalib chiqqan. Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning ikkisi ham erkak, biri (65 yoshda) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Turkiyadan kelgan, ikkinchisi (54 yoshda) farg‘onalik, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan.

Viloyatda shu paytga qadar 59 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 61 nafarga yetdi.

Buxoro viloyatida ham koronavirusga chalingan navbatdagi 11 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan.

Ularning barchasi erkak bo‘lib, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatidan 2 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 289 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 300 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1005 nafarni tashkil etmoqda. Ayni vaqtda 942 kishi shifoxonalarda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni mingdan oshdi