2 607
Bosh prokuratura jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar bo‘yicha statistikani ochiqladi
Foto: Ramiz Baxtiyarov
Joriy yilning 3 oyi davomida respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 4 nafari viloyat va 111 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytildi.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 50 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 21 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish, 7 nafari firibgarlik, 6 nafari mansab soxtakorligi, 3 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 1 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish va 27 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 51,3 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 18,3 mlrd. so‘mi undirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda